Daryo

Aleksandr Lukashenko Belarusda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qildi

Belarusda 1-iyul holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish bo‘yicha 62 424 ta holat qayd etilgan

1 daqiqa o‘qish106 672 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, Aleksandr Lukashenko mazkur bayonotni 2-iyul kuni davlat mukofotlarini topshirish chog‘ida qilgan. U shifokorlarning mehnatini ta’kidlab o‘tgan.

“Koronavirus infeksiyasi sababli birinchi qatorda shifokorlar turdi. Bizning sog‘liqni saqlash tizimimiz chidadi. Biroq biz kurash darajasini pasaytirmaymiz, shunday bo‘lsa ham bugun aytish mumkinki, biz g‘alaba qozondik. COVID-19 ustidan qozonilgan hal qiluvchi g‘alabadan keyin bugun o‘z ish o‘rnida turgan shifokorlarimiz bilan, albatta, alohida uchrashamiz”, — degan Belarus prezidenti.

Belarusda 1-iyul holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bo‘yicha 62 424 ta holat qayd etilgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar