Daryo

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o‘qish128 340 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Rossiya IIBB

Rossiyaning Volgograd viloyatida xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Repost Rossiya IIV Volgograd bosh boshqarmasiga tayanib.

Foto: Rossiya IIBB

Ma’lumotlarga ko‘ra, Svetloyarsk viloyatidagi “Chapurnikovskiy” chegara postida o‘tkazilgan rejali tekshiruv paytida yo‘l-patrul xizmati xodimlari Dog‘istondan Moskvaga ketayotgan shaharlararo avtobusni to‘xtatgan.

Ma’lumotlar bazasini tekshirganda avtobusda O‘zbekistonda sodir etgan bir qator firibgarliklari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, erkak ilgari O‘zbekistonda hibsga olingan, ammo 2019-yilning dekabrida u mamlakatni tark etib, yashiringan. Ayni paytda u qo‘lga olingan bo‘lib, jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi rejalashtirilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar