Daryo

Abdulaziz Komilov Misrning yangi elchisini qabul qildi

Vazir undan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan va elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabriklagan

1 daqiqa o‘qish42 794 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TIV matbuot xizmati

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 24-dekabr kuni Misr elchisi etib tayinlangan Amira Fahmiyni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Foto: TIV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan vazir elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston—Misr munosabatlarining hamda BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish istiqbollari bo‘yicha hamda turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashilgan.

21-dekabr kuni Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qarorgohi Moskvada joylashgan xorijiy davlatlarning elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar