Daryo

Ruminiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 10-dekabr kuni Romeo Stanchuni qabul qilgan

1 daqiqa o‘qish23 654 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TIV

10-dekabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ruminiyaning favqulodda va muxtor elchisi Romeo Stanchuni qabul qildi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Foto: TIV

Ta’kidlanishicha, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston—Ruminiya hamkorligining holati hamda istiqbollari muhokama qilingan. Uchrashuvda ikki mamlakatning Yevropa Ittifoqi doirasidagi o‘zaro aloqalariga doir masalalarga alohida e‘tibor qaratilgani aytilmoqda.

“O‘zbekiston tomoni Ruminiya bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishga, jumladan, Ruminiya bozoriga ko‘plab turdagi mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil qilish orqali o‘zaro savdoni kengaytirishga alohida ahamiyat beradi”, — deyiladi xabarda.

Muloqot so‘ngida vazir elchining O‘zbekiston—Ruminiya munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholagan. Romeo Stanchu esa o‘z navbatida, Ruminiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlanganligi uchun minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Romeo Stanchu Ruminiyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini 2012-yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Mavzuga doir: Ruminiyada parlament saylovlaridan keyin bosh vazir iste’fo berdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar