Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

21-dekabr kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga xorijiy davlatlarning qarorgohi Moskvada joylashgan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga Nukpo Kleman Kiki (Benin Respublikasi), Greym Mixan (Avstraliya), Andreas Zinonos (Kipr Respublikasi), Ngo Dik Man (Vetnam Sotsialistik Respublikasi), Brayan MakEldaff (Irlandiya Respublikasi), Klemens Kashuupulva (Namibiya Respublikasi), Yekaterina Nassika (Gretsiya Respublikasi), Si’alei Allegra van Tur (Yangi Zelandiya), Atanas Kristin (Bolgariya Respublikasi), Eytvidas Bayarunas (Litva Respublikasi), Migaxalande Durage Lamavans (Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi) va Mark Mixilsen (Belgiya Qirolligi) ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Tadbirda so‘zlagan nutqida Abdulaziz Komilov elchilarni samimiy qutlab, ularning yuksak mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir doirasida elchilari ishonch yorliqlarini topshirgan mamlakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashinildi. Siyosiy muloqot hamda savdo, investitsiyalar, moliya va turizm sohalaridagi amaliy hamkorlikni jadallashtirish, sanoatning turli jabhalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Sudda bodikamera yozuvlari ko‘rilmagan, blogerlar shundan norozi”. Qashqadaryoda 5 sutkaga qamalgan faollar ishi bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlanmoqda
Mahalliy
Amrillo Inoyatov O‘zbekistondagi tug‘uruq komplekslari faoliyatini tanqid qildi
Mahalliy
Cobalt, Lacetti, Damas, Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilmagan. Sotuvda yo‘q ushbu avtomobillar qayerga “ketayotgani” maʼlum qilindi