Daryo

Buxoroda mast holda hamqishlog‘ining Damas’ini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida olib qochilgan Damas shu kunning o‘zida topilgan

1 daqiqa o‘qish16 448 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Buxoro viloyat IIB

Buxoro viloyatining Jondor tumanida hamqishlog‘ining Damas’ini yashirin ravishda olib qochgan shaxs qo‘lga olindi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning 12-dekabr kuni kechki payt Jondor tumani ichki ishlar bo‘limining navbatchilik qismiga tumanning “Dalmunobod” mahallasida yashovchi 24 yoshli fuqaro U.D.dan murojaat kelib tushgan. Murojaatga ko‘ra, tuman markaziy dehqon bozori oldida qoldirib ketilgan oq rangli Damas noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur xabar yuzasidan viloyat IIB, Jondor tumani IIB, tegishli sohaviy xizmatlar hamda barcha shahar va tumanlarda tergov-tezkor guruhlari tuzilgan.

Viloyat bo‘ylab “To‘sib ushlash” maxsus tezkor tadbiri amalga oshirilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida olib qochilgan Damas shu kunning o‘zida topilgan. Avtomashina Buxoro shahrining Qayum Murtazoyev ko‘chasida joylashgan markaziy dorixona yonida qoldirib ketilgani aniqlangan.

Shundan so‘ng avtomashinani olib qochgan shaxsni qidirib topish borasida tezkor qidiruv harakatlari olib borilgan va jinoyatni sodir qilgan shaxs qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatni jabrlanuvchiga tanish bo‘lgan fuqaro A.A. spirtli ichimlik ichib, mast holatda olib qochgani aniqlangan.

Hozirda A.A.ga nisbatan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Jinoyat sodir etilishiga avtomashina katta yo‘l yoqasida, taxminan, ikki soat mobaynida, jabrlanuvchining e’tiborsizligi, mashina yon oynalarining ochiq holda kaliti bilan qarovsiz qoldirib ketilgani sabab bo‘lgan”, — deydi Shuhrat Jalolov. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar