Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Akademik Ra’no Ubaydullayeva 84 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.

Foto: “Islomkarimov.uz”

Foto: “Islomkarimov.uz”

Ma’lumot uchun, Ra’no Ubaydullayeva 1936-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor.

U 1958-yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan. 1958—1960-yillarda O‘zbekiston FA Iqtisodiyot institutida laborant, 1960—1963-yillarda aspirant, 1963—1964-yillarda kichik ilmiy xodim, 1964—1966-yillarda katta ilmiy xodim, 1967—1978 va 1992—1993-yillarda bo‘lim boshlig‘i, 1978—1990-yillarda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Ra’no Ubaydullayeva 1993—1997-yillarda O‘zbekiston mehnat vaziri o‘rinbosari, 1998-yildan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori sifatida ishlagan.

Ilmiy ishlari O‘zbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan.

Avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizomjurnalist va yozuvchi Sotvoldi Rajabov hamda taniqli shaxmat sharhlovchisi Akrom Toshxo‘jayev vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi