Daryo

Tesla’ning kapitalizatsiyasi 500 milliard dollardan oshdi

Tesla aksiyalarining qiymati ko‘tarilishi natijasida kompaniya rahbari Ilon Maskning boyligi 127,9 milliard dollarga yetgan

1 daqiqa o‘qish30 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Shutterstock

AQShning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining kapitalizatsiyasi 24-noyabr kuni 500 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Foto: Shutterstock

2020-yil boshidan beri Tesla aksiyalari narxi olti marta va undan ham ko‘p marta ko‘tarilgan.

Tesla aksiyalarining oxirgi o‘sishi 21-dekabrda kompaniyani Dow Jones indeksiga qo‘shish haqidagi qarordan keyin kuzatilgan. Ushbu qaror e’lon qilinganidan keyin Tesla qimmatli qog‘ozlarining narxi 28 foizga ko‘tarilgan.

Tesla aksiyalarining qiymati ko‘tarilishi natijasida kompaniya rahbari Ilon Maskning boyligi Bloomberg Billionaires Index (doimiy ravishda yangilanib turuvchi ro‘yxat) reytingi bo‘yicha 127,9 milliard dollarga yetgan. Ilon Mask Tesla aksiyalarining 21 foiziga egalik qiladi.

Mavzuga doir: Ilon Mask Tesla tarixidagi eng serdaromad chorak qaysi ekanligini ma’lum qildi

2020-yil boshida Mask Bloomberg Billionaires Index’ning 35-o‘rnida qayd etilgan, endi esa Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘zib ketib ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilgan, undan oldinda reytingni boshqarayotgan Amazon asoschisi Jeff Bezos bormoqda. Avval Mask Bloomberg’ning real vaqt rejimida yangilanib turuvchi milliarderlar reytingida uchinchi o‘ringa chiqqani, uning boyligi bir hafta ichida qariyb 14 milliard dollarga o‘sgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: Milliarderlardan tavsiyalar: muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar