Daryo

Gurbanguli Berdimuhamedov Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Berdimuhamedov o‘z maktubida Turkmaniston AQSh bilan hozirgi munosabatlar darajasini yuqori baholashini ta’kidlab o‘tgan

1 daqiqa o‘qish23 418 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Kremlin.ru”

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Jo Baydenni AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Foto: “Kremlin.ru”

“Turkmaniston va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik, hamfikrlik va o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlari ikki davlat xalqlari ravnaqi uchun kelgusida ham mustahkamlanib borishiga ishonchim qat’iy”, — deyiladi Berdimuhamedovning Baydenga yo‘llagan maktubida.

Berdimuhamedov o‘z maktubida Turkmaniston AQSh bilan hozirgi munosabatlar darajasini yuqori baholashini va ikki tomonlama hamkorlikning teng huquqlik, o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaatlar himoyasi tamoyillari asosida yanada oshirilishiga katta ahamiyat berishini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Xitoy raisi Si Szinpin Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovidagi g‘alaba bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir: Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7-noyabr kuni AQShning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi va saylov bo‘yicha sudga murojaat qilishini bildirdi. U saylovlar qonunbuzarliklar bilan o‘tgan degan fikrda, shuningdek, saylovlarda mamlakat konstitutsiyasi buzilganini aytgan.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar