Daryo

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Oldingi hokim 20-noyabr kuni o‘tkazilgan sessiyada egallab turgan vazifasidan ozod etilgan

1 daqiqa o‘qish42 548 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zA

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jonibek Yariyev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

20-noyabr kuni o‘tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan va sessiya qaroriga ko‘ra, tuman hokimi Hamidulla Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etilgan va uning o‘rniga Jonibek Yariyev tayinlangan.

Jonibek Yariyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Jonibek Yariyev 1981-yil tug‘ilgan. 2008-yil Guliston davlat universitetini, 2011-yil Toshkent moliya institutini, 2015-yil O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining o‘zida respublikaning qator tuman va shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi. Xususan, Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak va Chimboy tumaniga, Nukus shahriga, Denov tumaniga, Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga yangi hokimlar tayinlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar