Daryo

Nukus shahriga vaqtinchalik hokim tayinlandi

Utemurat Panayev Nukus shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish40 266 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Karinform.uz”

Utemurat Panayev 6-noyabr kuni Nukus shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmatiga tayanib, “Karinform.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Karinform.uz”

Ma’lumot uchun, 2017-yil noyabr oyidan Nukus shahar hokimi lavozimida Paraxat Tureshev faoliyat yuritib kelayotgan edi. Xabarda ayni paytda u qaysi lavozimda faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar