Daryo

Toshkent tumanining Olmazorga yaqin qismida 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha quriladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish68 972 ko‘rishlar0 izoh0
Toshkent shahrining Olmazor tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumani joylashuvi: Xarita: “Yandeks”

Toshkent viloyati Toshkent tumanining Toshkent shahar Olmazor tumaniga yaqin 260 gektar hududida yangi yo‘ldosh shaharcha quriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun, juma kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida ma’lum qildi.

Toshkent shahrining Olmazor tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumani joylashuvi.Xarita: “Yandeks”

“Aholining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini hisobga olib, Toshkent tumanida Olmazorga yaqin hududda 260 gektar yerni ajratib, 150 ming nafar aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharchani quramiz”, — deb ta’kidlagan davlat rahbari.

Avvalroq may oyi oxirida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrifi davomida hududda Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida — Yangi hayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar