Daryo

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini jahon andozalari darajasida sifatli qurish haqida ko‘rsatma berdi

Katta masjid, to‘rtta minora va keng ayvonlar qurish, xiyobon, uning atrofida mehmonxonalar hamda boshqa infratuzilma obyektlari barpo etish ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish37 592 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni qurilish sohasiga oid loyihalar bilan tanishar ekan, Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini jahon andozalari darajasida sifatli qurish, ziyoratchilarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan. Prezident Mirziyoyev viloyatga tashrifi vaqtida bu ishlarni chuqur o‘ylab loyihalashtirish zarurligini ta’kidlagan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu asosida loyiha qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi. Unga ko‘ra, katta masjid, to‘rtta minora va keng ayvonlar qurish, xiyobon, uning atrofida mehmonxonalar hamda boshqa infratuzilma obyektlari barpo etish ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Prezident taqdimot bilan tanishar ekan, ziyoratchi va boshqa sayyohlar uchun qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasi va Hadis ilmi maktabida bo‘ldi (foto)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar