Daryo

Foto: Toshkentda qor yog‘ayotgan vaqtda asfalt yotqizildi

Telegram’da qor yog‘ayotgan vaqtda yo‘l ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ishchilar tomonidan yerga asfalt yotqizilayotgani aks etgan fotosurat tarqaldi

1 daqiqa o‘qish119 942 ko‘rishlar0 izoh0

Telegram’da qor yog‘ayotgan vaqtda yo‘l ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ishchilar tomonidan yerga asfalt yotqizilayotgani aks etgan fotosurat tarqaldi.

Foto: Telegram

Umuman, 2020-yil 18-noyabr kuni Toshkentda yog‘gan qor bilan bog‘liq kutilmagan voqealar yetarlicha kuzatildi. Shahardagi aksariyat chorrahalar shu kuni tushdan so‘ng 10 ballik (qizil darajadagi) tirbandliklar ichida qoldi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ijtimoiy-tarmoqlarda tarqalgan volontyorlar haqidagi fikr bildirgan videosi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Shahar hokimligi videoning to‘liq talqinini taqdim etgan. Shuningdek shu kuni Uchtepada ikki nafar volontyorning muzlamalar tufayli yuzaga kelgan tirbandliklarni tartibga solayotgani haqida video tarqaldi. Keyinchalik yo‘llarda muzlamalar sabab harakatlanishga qiynalayotgan haydovchilarga ko‘mak berayotgan boshqa volontyorlar xususida ham videolavha e’lon qilindi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar