Daryo

Qashqadaryoda o‘rmon yong‘ini yuz berdi. Salkam 600 ta Zarafshon archasi yonib ketgan

Yong‘indan hech kim jabr ko‘rmagan. Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish59 840 ko‘rishlar0 izoh0
Qashqadaryodagi 2020-yil kuzida yuz bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatlari. Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Qashqadaryo viloyatida Qamashi tumani hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligida yong‘in kuzatildi. Viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Karima Yodgorovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hodisa 3-noyabr kuni yuz bergan.

Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

5 gektar maydonni qamrab olgan yong‘in oqibatida o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o‘simlik va hayvonot dunyosiga talofat yetgani ta’kidlanmoqda. Xususan, taxminan 600 ga yaqin Zarafshon archasi yonib ketgan. “Ayni paytda zarar miqdori aniqlanmoqda”, -- dedi Karim Yodgorova.

Alohida qayd etishlaricha, yong‘in oqibatida aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. Boshqarma yong‘in yuzasidan yaqin vaqt ichida qo‘shimcha axborot berishi kutilmoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Avvalroq, 12-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligida 50 gektar maydonda, 26-iyulda Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” tabiat milliy bog‘ida 2 ming kvadrat metr maydonda, 17-iyun kuni Surxondaryodagi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida 35 gektar maydonda yong‘inlar kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etish joiz, “Surxon” qo‘riqxonasidagi yong‘inni o‘chirishga harbiy vertolyotlar ham jalb etilgan edi.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar