Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Surxondaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarining birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. FVV matbuot xizmati mazkur yong‘in tasvirlangan videorolik bilan bo‘lishdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Yong‘in 12-sentabr kuni Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan “Gurimbuloq” tog‘ maskanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in quruq o‘t-o‘lan bilan qoplangan 50 gektarga yaqin joyni egallab olgan.

“Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda o‘nlab shaxsiy tarkibi safarbar qilindi. Shuningdek, yong‘inni bartaraf qilishda FVDTga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko‘maklashdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan, keyinchalik Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti yong‘inni o‘chirishga 2 ta vertolyot jalb etilganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi