Daryo

O‘zbekiston va Ukraina savdo aylanmasini yiliga 1 mlrd dollarga yetkazishga qaror qildi

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi muhim istiqbolni kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida ko‘rmoqda

1 daqiqa o‘qish31 852 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri matbuot xizmati

O‘zbekiston va Ukraina o‘zaro savdoni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish hamda yaqin kelajakda uning hajmini yiliga 1 mlrd dollargacha o‘sishini ta’minlash uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish niyatida.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri matbuot xizmati

Bu haqda 3-noyabr kuni bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuvda aytdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlar o‘zaro savdoni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish hamda yaqin kelajakda uning hajmini yiliga 1 mlrd dollargacha o‘sishini ta’minlash uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish zarurligini ta’kidladilar.

Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi muhim istiqbolni kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat kooperatsiyasi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida ko‘rmoqda. Shuningdek, mashinasozlik hamda neft va gaz uskunalarini ishlab chiqarish sohasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ham ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston va Ukraina talabga ega qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma agrosanoat korxonalarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi sohasida kooperatsiya qilishga alohida e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida investitsiyaviy, sanoat va savdo-iqtisodiy hamkorlikning mavjud salohiyatini o‘rganish va uni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash maqsadida ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari rahbarlaridan iborat qo‘shma ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston “to‘siqlarni yechish” va aksiz siyosatini liberallashtirish masalalarini muhokama qilgani xabar berilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar