Daryo

Samarqanddagi konserva zavodida yong‘in yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish41 520 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Samarqand shahridagi Spitamen shohko‘chasida joylashgan konserva zavodining omborida 24-oktabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yong‘in haqida xabar soat 20:20 da kelib tushgan. FVV hududiy boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhlari hodisa joyiga yetib borib, yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonani o‘chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt sarflagan.

Yong‘inning umumiy maydoni 650 kvadrat metrni tashkil etgan, uning yuzaga kelishi sababi aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar