Daryo

O‘zbekistonda taqdim etilgan Skoda Kodiaq narxi ma’lum qilindi

Modelga 180 ot kuchi hamda 320 Nm aylanuvchi momentga ega turbodvigatel o‘rnatilgan

1 daqiqa o‘qish124 790 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

20-oktabr kuni Sergeli tumanidagi Driver’s Village avtosalonida Skoda lineykasidagi birinchi model — Kodiaq’ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “Daryo”

Jizzax avtomobil zavodi bosh direktori Oybek Ayubovning ma’lum qilishicha, yaqin haftalar ichida Toshkent va Qo‘qonda yana ikkita dilerlik markazini ochish rejalashtirilmoqda.

Kodiaq mintaqaning iqlim va ekspluatatsiya sharoitlari hisobga olingan holda ishlab chiqariladi va unga 180 ot kuchi hamda 320 Nm aylanuvchi momentga ega turbodvigatel (2.0 Turbo) o‘rnatiladi. Avtomobil DSG 7 yetti pog‘onali uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Shuningdek, u yomon yo‘llar uchun “aqlli” to‘liq uzatma hamda panorama tomga ega.

Skoda Kodiaq ikkita komplektatsiyada taqdim etiladi:
  • Besh o‘rindiqli Ambition (7 xil rangda) — 347 million so‘m;
  • Yetti o‘rindiqli Style (2 xil rangda) — 399 million so‘m.
“Mazkur sohadagi mavjud raqobatni hisobga olgan holda qo‘shimcha opsiyalarga ega avtomobillarimiz Rossiya va Qozog‘istondagi shu kabi avtomobillardan qimmat turmaydi”, — deydi Ayubov.

Jizzax avtomobil zavodi rahbarining ta’kidlashicha, keyinchalik Skoda modellari qatorini “hamyonbop va ommaviy avtomobillar” hisobiga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Skoda Kodiaq’ning 2020-yil oktabr oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqishi kutilayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Prezident qaroriga ko‘ra, birinchi bosqichda — 2020−2021-yillarda Volkswagen va Skoda avtomobillarini O‘zbekistonga tayyor holda olib kirish rejalashtirilgan. Farg‘ona, Toshkent va Jizzaxda dilerlik va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqichda — 2022-yildan boshlab to‘liq ishlab chiqarish sikli tashkil qilinadi va investitsiyalar hajmi, avtomobil eksporti masalalari ham hal qilinadi.

Avvalroq Jizzaxdagi avtomobil zavodda yig‘iladigan Kia avtomobillari — Seltos va K5 modellarining narxlari e’lon qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar