Daryo

Bahoriy o‘rmon, himoyachi va mayoq dramasi: yilning eng yaxshi manzarali suratlari aniqlandi (foto)

Suratlarda tabiatning chinakam mo‘jizalari aks etgan

2 daqiqa o‘qish41 104 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Landscape Photographer of the Year

Tabiat go‘zalligini namoyish etish va suratkashlarning iste’dodini ochish uchun mo‘ljallangan Landsape Photographer of the Year 2020 tanlovining g‘oliblari ma’lum qilindi. Marhamat, ularning ijodiy ishini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Angliyaning Dorset grafligidagi Vulland qishlog‘i yaqinida joylashgan o‘rmon manzarasi surati muallifi Kris Frost tanlovning Gran-pri sovriniga sazovor bo‘ldi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Jorj Robertson ijodiy ishi bilan “Shahar hayoti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Shotlandiyaning Fort daryosi bo‘yidan Uolles minorasiga qarata olingan Grem Makkeyning ijodi “Tarixiy Britaniya” nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi surat deb topildi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Aleks Gjikaning “Mayoq dramasi” surati “Sening qarashing” nominatsiyasida yutuqqa erishdi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Li Dori “Klassik ko‘rinish” nominatsiyasida “Rim yo‘llari” deb nomlangan manzarali surati bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Tanlovda ishtirok etgan yosh suratkashlar orasida Joshua Elfikning kadri ham eng yaxshi surat deb topildi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

“O‘zgaruvchan manzara” nominatsiyasida Grem Iton “Tuman tarqalganda” surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Tanlovga taqdim etilgan eng yaxshi tungi manzara Alin Uollesning “Himoyachi” surati bo‘lib chiqdi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

“Manzara yo‘nalishi” nominatsiyasida Brayan Nun Shimoliy Yorkshirning Ribblxeddagi teshik ko‘prik surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Braytondagi bandargohning qush uchadigan tepalikdan ko‘rinishi. Asar “Sening qarashing” nominatsiyasi bo‘yicha Mett Kuperga omad keltirdi.

Foto: Landscape Photographer of the Year

Galateya kapalagi quyosh nurida. Surat muallifi final ishtirokchisi Ross Xoddinott.

Foto: Landscape Photographer of the Year
“Fantaziya” surati Nil Bernellni “Qora-oq suratlar” turkumidagi g‘alaba bilan ta’minladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.