Daryo

2020-yilning 9 oyida O‘zbekiston aholisining daromadi o‘sishdan to‘xtagani ma’lum bo‘ldi

Mamlakat yalpi ichki mahsuloti to‘qqiz oy ichida 0,4 foizga o‘sgan, 2019-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 5,9 foizni tashkil qilgan

1 daqiqa o‘qish32 920 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston aholisining real daromadi 2020-yilning yanvar—sentabr oylarida 2019-yilning shu davriga nisbatan o‘smagan, buning o‘rniga 0,3 foiz pasayish kuzatilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Nashrning yozishicha, bu holat umumiy iqtisodiy vaziyat bilan izohlanadi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti to‘qqiz oy ichida 0,4 foizga o‘sgan, 2019-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 5,9 foizni tashkil qilgan. xorijiy mamlakatlar bilan savdo 12 foizga qisqarib, 27,5 milliard dollarni tashkil etgan.

2019-yilda o‘zbekistonliklarning real daromadi 6,5 foizga o‘sgandi. Bunda real daromadni hisoblash uchun daromadlardan majburiy to‘lovlar ayirib tashlanadi va inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.

2020-yilning to‘qqiz oyi davomida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan eng yuqori o‘rtacha nominal daromad Toshkent shahrida qayd etilgan — 20 million so‘m. Bu ko‘rsatkich Navoiy viloyatida 16 million so‘m, Buxoro viloyatida 12 million so‘m bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston (7,7 million so‘m), Farg‘ona viloyati (7,9 million so‘m) va Namangan viloyatida (8,3 million so‘m) kuzatilgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar