Daryo

Nur-Sultonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

Qozog‘iston poytaxti aholisi orasida COVID-19 kasalligi tarqalishi ortib borayotganligi tufayli yangi cheklov va karantin choralari joriy etildi

1 daqiqa o‘qish59 444 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Mgorod.kz”

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda aholi orasida COVID-19 kasalligi tarqalishi ortib borayotganligi tufayli 14-oktabrdan boshlab yangi cheklov va karantin choralari joriy etildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Foto: “Mgorod.kz”

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning kvazi-davlat sektori xodimlarining kamida 60 foizi masofadan turib ishlashga o‘tadi. Xususiy tashkilotlarga ham masofadan ishlashga o‘tish tavsiya qilingan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat jamoalari infeksiyaning asosiy o‘chog‘iga aylangan.

Kafe, restoran, bar va oshxonalar soat 22:00 dan kechikmasdan yopilishi kerak. Ovqatlanish muassasalarining 30 o‘rindan ortiq bo‘lmagan miqdorda band bo‘lishiga ruxsat berildi.

Notariuslar, advokatlik idoralari, buxgalterlarning ish vaqti oddiy ish kunida ham, dam olish kunlarida ham soat 18:00 gacha deb belgilandi. Maishiy xizmat tovarlari va kiyim kechak do‘konlariga faqat dushanbadan jumagacha, soat 18:00 gacha ishlashga ruxsat beriladi. Yakshanba kunlari jamoat transporti ham xizmat ko‘rsatmaydi.

Avvalroq Qozog‘istonga 6-oktabrdan boshlab koronavirus test tahlil ma’lumotnomasi bo‘lmagan chet elliklar kiritilmasligi xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar