Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonga kelishni rejalashtirgan chet el fuqarolari 6-oktabrdan boshlab koronavirus uchun PZR testidan o‘tganligi to‘g‘risida haqiqiy sertifikatga ega bo‘lishlari kerak. Bu haqda transport bo‘yicha davlat bosh sanitariya shifokori Sadvakas Baygabulovga tayanib “TASS” ma’lum qildi.

Foto: Rembler

Foto: Rembler

“2020-yilning 6-oktabridan boshlab topshirganiga 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan PZR usuli bo‘yicha COVID-19 testidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasiz chet eldan kelgan xorijiy fuqarolar Qozog‘istonga kirishiga ruxsat berilmaydi”, – deydi Baygabulov.

Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan ma’lumotnomaga ega bo‘lmagan mamlakatga keluvchi Qozog‘iston fuqarolari koronavirusga qarshi laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun kasalxonada ikki kun davomida izolyatsiya qilinadi.

Shuningdek, Baygabulov ushbu talablar respublika havo qatnovini qayta tiklagan barcha mamlakatlarga tegishli ekanligini, davlatlarni toifalar bo‘yicha taqsimlash nazarda tutilmaganligini tushuntirdi.

“Shunga o‘xshash cheklov talablari Qozog‘istonda temiryo‘l, dengiz, daryo transporti va avtoulovlarni kesib o‘tishda davlat chegarasidagi nazorat punktlari orqali bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi”, – dedi transport bo‘yicha bosh davlat sanitariya shifokori.

Pandemiya boshlanganidan beri Qozog‘iston yo‘lovchilarning deyarli barcha havo qatnovlarini to‘xtatib qo‘ydi. Mamlakatda ichki reyslar 1-maydan ish boshlagan edi.

Janubiy Koreyaga reyslar 20-iyundan boshlab amalga oshirilmoqda. BAA, Germaniya, Belarus va Ukrainaga parvozlar 17-avgustdan boshlab tiklandi. 27-avgust kuni Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasida muntazam yo‘lovchi reyslariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.

Misr va O‘zbekistonga reyslar sentabr oyida tiklandi. Qirg‘iziston bilan yo‘lovchi reyslari 20-sentabrdan, Rossiya bilan esa 21-sentabrdan parvozlar qayta tiklandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi