Daryo

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Mamlakat hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi

1 daqiqa o‘qish46 598 ko‘rishlar0 izoh0

O‘tgan haftada O‘zbekistonga Ural hududidan kirgan sovuq oqim 12-oktabrdan boshlab chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsa-da, bu me’yordan 2-3 darajaga past, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo”

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Harorat ko‘tarilib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu iqlimiy me’yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda oktabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar