Daryo

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati pasayishi kutilmoqda

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi

1 daqiqa o‘qish99 388 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekistonga 6-oktabr kuni Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo”

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamol tezligi oshadi. Tunda iliq, 15-20 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat  7-12 darajagacha pasayadi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich kun me’yoridan 4-6 darajaga pastdir. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

7—10-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.

Kunduzgi harorat 7—8-oktabrda 17-22 darajani, 9—10-oktabrda 15-20 darajani tashkil qiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar