Toshkent vaqti bilan 11-oktabr tongida Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC navbatdagi musobaqasini o‘tkazadi.
UFC Fight Island 5 musobaqasining asosiy jangi o‘ta yengil vazn toifasi vakillari Marlon Morayes (23-6-1) va Kori Sendhagen (12-2) o‘rtasida kechadi. Mazkur jang katta ehtimol bilan divizion chempioni Petr Yangning bo‘lajak raqibini aniqlab beradi.
Shuningdek, mazkur UFC kechasida rossiyalik yakkakurashchi Tagir Ulanbekov promoushendagi debyut jangini o‘tkazadi.
Musobaqa Toshkent vaqti bilan 02:00 da boshlanadi. Asosiy janglar esa taxminan 07:00 dan start oladi.
Barcha janglar videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin: HAVOLA
Asosiy kard:
- Marlon Morayes — Kori Sendhagen
- Edson Barboza — Makvan Amirxani
- Ben Rotuell — Marsin Tibura
- Markus Peres — Drikus dyu Plessi
- Tom Aspinall — Alan Bodo
- Tomas Almeyda — Jonatan Martines.
- Yussef Zalal — Iliya Topuriya
- Tom Bris — Key Bi Bullar
- Kris Daukaus — Rodrigo Nasimento Ferreyra
- Impa Kasanganay — Xoakin Bakli
- Ali al-Qaysi — Toni Kelli
- Giga Chikadze — Omar Morales
- Treysi Kortes — Shtefani Egger
- Bruno Silva — Tagir Ulanbekov.