Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransuz ayollari go‘zalligi va kelishgan qaddi-qomati bilan boshqalardan ajralib turadi. Ularning tashqi ko‘rinishi va qomati o‘zgarmasligi sababi haqida turli qarashlar mavjud.

Foto: Livingly

Foto: Livingly

“Yandeks Dzen” platformasi yozuvchi Mirey Gilyanoning “Nima uchun fransuz ayollari semirmaydi?” nomli kitobidagi qomat buzilmasligiga doir tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Ta’kidlanishicha​, tavsiyalar muallifning shaxsiy tajribasidan kelib chiqib yozilgan. Amerikada yashagan vaqtlari fast fuddan sezilarli darajada semirib ketgan Mirey Fransiyaga qaytgach, vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Viva Luxury

Foto: Viva Luxury

Tavsiyalar quyidagilardan iborat:

1.Sifatli taom iste’mol qiling.

2.Har bir bo‘lakdan lazzatlaning.

3.Tanovul vaqtida xayolingiz faqatgina ovqatda bo‘lsin. E’tibor taomda bo‘lgani natijasida kamroq iste’mol qilish mumkin.

4.Yegan taomingiz uchun afsus hissini tuymang.

5.Ochlik hissini tuymaguningizcha ovqatlanmang.

6.Ovqatdan lazzatlanish uchun bir qancha tishlamning o‘zi kifoya.

7.Qancha tanovul qilayotganingizni nazorat qiling, porsiyani qisqartiring.

8.Fransuz ayollari sport zalga bormaydi, ko‘p yuradi. Siz ham shunga rioya qilib ko‘proq yuring.

9.Ovqatlanish paytini maxsus vaqtga aylantiring. Shoshmasdan har bir bo‘lakni uzoq chaynang.

10.Har kuni shokolad, pishloq yeyish mumkin, faqat me’yorni unutmaslik, shu bilan birga, har bir bo‘lakdan lazzatlanish kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda