6-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Rayhon o‘zining surati tushirilgan svitshotda ko‘rinish berdi. Ushbu svitshot uning kiyimlar kolleksiyasidan o‘rin olgan.

Ozodbek Nazarbekov Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatrining foydalanishga topshirilgan yangi binosini ko‘zdan kechirdi.

Taniqli xonanda Ravshan Komilov ikkinchi o‘g‘li Farhodni uylantirmoqda. 5-oktabr kuni Farhodning unashtiruvi bo‘lib o‘tdi.

Xonanda Lola qizlari Shahina va Aishaning suratlari bilan bo‘lishdi.

Ziyoda ham oilaviy suratini sahifasiga joyladi.

5-oktabr kuni yosh aktrisa Durdona Qurbonovaning opasi turmushga chiqdi. Ushbu to‘yda Munisa Rizayeva, Zohirshoh Jo‘rayev, Sharof Muqimov, Mustafo, Mahliyo Omon, Imron, Yamin, Farruh Ahmedov, “Ummon”chi Shohruh, Umar Shamsiyev kabi 10 dan ortiq xonandalar to‘yda xizmatda bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov paxtakorlar bilan uchrashdi.

Sitora Farmonova ukasi bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, unga bo‘lgan mehrini izhor qildi.