Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan so‘nggi bahslar 1-oktabr, payshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Twitter

Kunning markaziy uchrashuvi “Liverpul” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasida kechdi.  O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va keyingi bosqich masalasi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Futbol lotereyasida omad londonliklarga kulib boqdi.

“Fulhem” safarda “Brentford”ga yirik hisobda yutqazdi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. “Aston Villa” esa o‘z uyida “Stok Siti”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Angliya Liga Kubogi

1/8 final bahslari

1-oktabr, payshanba

“Liverpul” — “Arsenal” 0:0

Penaltilar seriyasi: 4:5

“Liverpul”: Adrian, van Deyk (Gomes, 61), Uilyams, Uilyams, Diogu Jota (Veynaldum, 76), Uilson, Minamino, Gruyich, Saloh (Origi, 61), Jons, Milner.

“Arsenal”: Leno, Holding, Kolashinats, Soaresh, Gabriel, Uillok, Sebalyos (an-Nenni, 68), Jaka, Saka (Meytlend-Naylz, 86), Pepe, Nketia (Lyakazett, 82).

Ogohlantirishlar: Minamino (15), Jaka (51), Uilson (75), Soaresh (90).

“Brentford” — “Fulhem” 3:0

Gollar: 1:0 – 37 Forss, 2:0 – 62 Benrahma, 3:0 – 77 Benrahma.

“Aston Villa” — “Stok Siti” 0:1

Gol: 0:1 – 26 Vouks.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!