Daryo

O‘zbekiston 8 oy davomida qancha miqdorda benzin import qilgani ma’lum qilindi

Yoqilg‘i importi o‘tgan yilga nisbatan keskin oshgan

1 daqiqa o‘qish23 198 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2020-yilning 1-sentabr holatiga xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 million litrni tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 million litrga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Flickr

Qayd etilishicha, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng ko‘p hajmi Qozog‘iston (47,7 million litr), Rossiya (36,5 million litr), Turkmaniston (5,6 million litr) va 232,1 ming litr bilan Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Avvalroq O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida ilk bor Turkmanistonning ECO-93 benzini sotuvga qo‘yilgani xabar qilingandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar