Yevropa Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

Foto: Twitter

Musobaqaga 1-oktabr, payshanba kuni qur’a tashlanadi.

Jamoalar 2019/20-yilgi mavsumdagi natijalar va UEFA reytingi asosida to‘rtta savatchalarga ajratilgan.

Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining ishtirokchilari bilan tanishing:

  • 1-savatcha: “Bavariya” (Germaniya), “Sevilya”, “Real” (ikkisi — Ispaniya), “Liverpul” (Angliya), “Yuventus” (Italiya), PSJ (Fransiya), “Zenit” (Rossiya), “Portu” (Portugaliya).
  • 2-savatcha: “Barselona”, “Atletiko” (ikkisi — Ispaniya), “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” (barchasi — Angliya), “Shaxtyor” (Ukraina), “Borussiya D” (Germaniya), “Ayaks” (Niderlandiya).
  • 3-savatcha: “Dinamo K” (Ukraina), “Zalsburg” (Avstriya), “Leypsig” (Germaniya), “Inter”, “Latsio”, “Atalanta” (barchasi — Italiya), “Olimpiakos” (Gretsiya), “Krasnodar” (Rossiya).
  • 4-savatcha: “Lokomotiv” (Rossiya), “Marsel”, “Renn” (ikkisi — Fransiya), “Bryugge” (Belgiya), “Borussiya M” (Germaniya), “Istanbul Bashakshehir” (Turkiya), “Midtyullann” (Daniya), “Ferensvarosh” (Vengriya).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!