30-sentabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.Gretsiyaning Pireya orolida to‘xtagan Mein Schiff 6 sayohat kemasi balkonidan qarab turgan sayyohlar. Ekipaj a’zolarida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ular karantinga olingan.Foto: ReutersDiniy ulamolar bilan ko‘rishayotgan Fransisk ota. Vatikan.Foto: ReutersXitoy xavfsizlik xizmati xodimlari respublika tashkil etilganining 71 yilligi arafasida o‘tkaziladigan bayram oldidan xalq yig‘ini katta zalidan chiqib kelmoqda.Foto: ReutersShrinagarda himoya niqoblaridagi o‘quvchilar ijtimoiy masofani saqlagan holda daraxtlar tagida dars o‘tmoqda.Foto: ReutersKatmandudagi osma ko‘prikdan o‘tib ketayotgan erkak.Foto: ReutersChili tog‘larida otilgan Vilyarrika vulqonining tungi ko‘rinishi.Foto: ReutersTog‘li Qorabog‘dagi jang vaqtida quroldan o‘q uzayotgan arman askari.Foto: ReutersNyu-Yorkda yashovchi Joel Balsita ilk marta birinchi sinfga qadam qo‘yayotgan qizi Sedini qo‘llab-quvvatlamoqda.Foto: ReutersKaliforniyada kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlari fonida optik tolali sim o‘tkazayotgan maxsus xodim Josh Esberi.Foto: Reuters Prezident Trampning Oliy sudga nomzodi sudya Emi Koni Barret senat yetakchisi Mitch Makkonell va vitse-prezident Mayk Pens bilan uchrashuvi oldidan. Foto: ReutersLondondagi ulkan charxpalak oldidan soyabon ko‘tarib o‘tayotgan erkak.Foto: ReutersNigeriyalik ayol ikki alangalangan mayoq yonidan o‘tib ketmoqda.Foto: ReutersTog‘li Qorabog‘da bo‘lib o‘tgan otishmadan so‘ng ishlatilgan qurol-yarog‘lar yotgan hududdan o‘tib ketayotgan avtomobil.Foto: ReutersAQSh prezidenti Donald Tramp va Jo Bayden 2020-yilning prezidentlik kampaniyasi doirasidagi ilk debatda ishtirok etmoqda. Debat Ogayo shtatidagi Klivlend klinikasi kampusida bo‘lib o‘tdi.Foto: ReutersVino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Georg Zalsner Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli omborxonalari zarar ko‘rgani uchun mehmonxona biznesi bo‘yicha direktor Madlen Rid bilan gaplashmoqda.Foto: ReutersBoshqa fotojamlanmalar: Buyuk ko‘chish, qurollangan qizaloq, jarohat olgan silovsin. Haftaning e’tiborga molik suratlari Dunyo bo‘ylab koronavirus bemorlarining davolanish jarayonlari aks etgan fotolavhalar Kuz tabiatdan zavq olish vaqti ekanligini isbotlovchi 15 ta surat