Daryo

Samarqand shahar bosh imom-xatibi 73 yoshda vafot etdi

Samarqand shahar hokimligi tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan

1 daqiqa o‘qish89 390 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand shahar hokimligi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Qayd etilishicha, Nuriddinxon Islomov 1970-yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980-yildan 2008-yilga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan. 2008-yildan 2017-yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan. Shundan so‘ng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar