Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 16-turi doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (3:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: OKMK FK

Foto: OKMK FK
O‘yin har ikkala jamoa uchun juda muhim edi. Oxirgi paytlarda ushbu ikki klub o‘rtasida juda ham qiziqarli bahslar guvohiga aylanyapmiz. Uchrashuvni yomon boshlamadik, lekin birinchi bo‘limning ikkinchi qismida o‘yin tizginini boy berib qo‘ydik. Bu orqali o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik.

Ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zini ko‘rsatdi va raqib jamoa xatolaridan to‘g‘ri foydalandi. Har ikki jamoa darvozabonlari qandaydir ishonchsiz harakatlandi. Hisob 2:2 bo‘lib turganida bir nechta qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldik, oxir-oqibat Jasur Umarovning urgan goli bizga g‘alaba keltirdi. Qolaversa, maydon sifati yaxshi holatda emas va bu qiyinchilik tug‘dirdi. G‘alabadan xursandmiz. Futbolchilar va muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tarkibga yoshlarni jalb qilish? Albatta, kuzatib boryapmiz. Qolaversa, o‘zimizni yoshlardan jalb qilamiz. Faqat, muammo — yaxshi o‘yinchilarni topishda. “Bavariya”ni ko‘ryapsizlar, jamoaning o‘rtacha yoshi katta bo‘lsa ham yirik hisoblarda yutib yuribdi. Chunki ularda o‘z tarixi, akademiyasi, maktabi bor.

Mirjalol Qosimov, OKMK bosh murabbiyi

OKMK mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 33 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytdi. Jamoa keyingi turda “Qizilqum”ga qarshi bahs yuritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi