Daryo

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo salqinlashishni boshlaydi

Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin

1 daqiqa o‘qish82 300 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

“O‘zgidromet” haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 14—15-sentabr kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: “Daryo”

16-sentabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.

17—18-sentabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o‘tishi natijasida 16-17-sentabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19-sentabrda janubi-g‘arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko‘tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar