Toshkent shahar Sergeli tumanidagi Sofdil ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sababli ikki haftaga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 2020-yilning 17-sentabridan 1-oktabr kunigacha Sofdil ko‘chasining Qipchoq ko‘chasidan Sergeli aeroportigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yakkasaroy tumani Cho‘ponota ko‘chasidan, Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lda tirbandliklarning oldini olish uchun uchta yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurilish ishlari olib borilmoqda.