Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Paxtaobod tumani va Xonobod shahri hokimlari pnevmoniya bilan kasallangan va 15 kundan beri ishga chiqmagan. Bu haqda “Xalq so‘zi online” xabar berdi.

Mahmudjon Bozorov

Mahmudjon Bozorov
Foto: “Xalq so‘zi online”

Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Xonobod shahar hokimi Musaxon Mamadaliyevlarning 15 kundan buyon ishga chiqmayotganligi jamoatchilik e’tiborini tortdi.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, Xonobod shahar hokimi so‘nggi marotaba 2020-yil 9-sentabr kuni viloyat prokurori o‘rinbosari Baxtiyor Xudoyberdiyev ishtirokidagi yoshlar hamda “temir daftar”ga kiritilgan aholi bandligini ta’minlash va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘rinish bergan.

Andijon viloyat hokimligi mutasaddilari va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manbalarning ma’lumot berishicha, Musaxon Mamadaliyev salomatligi tufayli ishga chiqmayapti. Shahar hokimi salomatligini tiklash maqsadida uch kundan ortiq muddat davomida o‘z uyida davolangan. 2020-yil 14-sentabrdan boshlab esa, u Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida pnevmoniya kasalligidan davolanmoqda. Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, unda koronavirus alomatlari topilmagan.

Musaxon Mamadaliyev

Musaxon Mamadaliyev
Foto: “Xalq so‘zi online”

Shuningdek, avgust oyi oxirlaridan boshlab Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorovning ham ishga chiqmayotganligi haqida xabarlar tarqala boshlagan. Ushbu xabarlar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati tuman hokimi pnevmoniya xastaligidan davolanayotganligini ma’lum qilgan.Ma’lum qilinishicha, Mahmudjon Bozorovda kasallikning dastlabki alomatlari paydo bo‘la boshlagach gumonlanuvchi sifatida viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Tekshiruvlar natijasi unda pnevmoniya xastaligi mavjudligini ko‘rsatgan va davolanishni boshlagan. Ayni damda esa olib borilgan muolajalar natijasida sog‘lig‘i tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev 8-sentabr kuni koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi. Iyul oyida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus bilan kasallanib, vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda