Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 18 million kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 18 019 472 kishini tashkil etmoqda.
Butun dunyoda hozirga qadar 687,9 mingga yaqin odam COVID-19 qurboniga aylangan. Eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (154,8 ming), Braziliya (94 ming), Meksika (47 ming), Buyuk Britaniya (46 ming) va Hindistonda (37 ming) qayd etilgan. Dunyo bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlarning 10,6 milliondan ortig‘i sog‘aygan.
Koronavirus bilan kasallanish holatlarining aksariyati AQSh (4,6 milliondan ortiq), Braziliya (2,7 million), Hindiston (1,7 million), Rossiya (850 ming) hamda JAR (511 ming) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
AQShning o‘zida 132 mingdan ortiq odam koronavirus oqibatida vafot etgan, 950 mingdan ortiq bemor sog‘aygan.
Avvalroq JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirusning tarqalishida yoshlarni aybladi
Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni Qozog‘istonda COVID-19’ga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan, Rossiyada esa COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakunlangan, ommaviy emlash oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.







