Daryo

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 27 mln nafardan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 882 ming kishidan oshgan

1 daqiqa o‘qish21 358 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 27 million kishidan oshdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: AP Photo

To‘rt kun ichida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 million kishiga ko‘paygan: 26 millionlik ko‘rsatkich 3-sentabr kuni qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda 24 milliondan, 30-avgustda esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 25 million nafardan oshgan.

Kasallanish bo‘yicha eng ko‘p holatlar AQShda qayd etilgan — 6,2 million. Uning ortida Braziliya va Hindiston o‘rin olgan bo‘lib, ikkala mamlakatda ham kasallar soni 4,1 millionga yetgan. Rossiya esa 1 milliondan ortiq kasal bilan to‘rtinchi pog‘onada ketmoqda.

COVID-19 bilan eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan davlatlar o‘ntaligidan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:
  • Peru — 683 ming;
  • Kolumbiya — 658 ming;
  • JAR — 638 ming;
  • Meksika — 634 ming;
  • Ispaniya — 498,9 ming;
  • Argentina — 478,7 ming.
Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 882 ming kishidan oshgan. AQSh bu borada ham yetakchilik qilmoqda — 188,9 ming. Uning ortida Braziliya (126,6 ming) va Hindiston (70,6 ming) o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar