Daryo

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 20 milliondan oshdi

Shundan 12 million 914 kishi tuzalgan, 734 ming nafari vafot etgan

1 daqiqa o‘qish40 824 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 10-avgust holatiga ko‘ra, 20 milliondan oshdi. Bu haqda Worldometers saytida keltirilgan ma’lumot guvohlik bermoqda.

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, dunyoda ushbu virus bilan kasallanganlar soni 20 million 44 ming nafarni tashkil etmoqda. Shundan 12 million 914 kishi tuzalgan, 734 ming nafari vafot etgan.

So‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha qariyb 220 mingta yangi holat aniqlangan. Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Hindiston (62 ming kishi), AQSh (qariyb 48 ming kishi) va Braziliyada (22 ming kishi) qayd etilgan. Shu vaqt davomida 4798 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

Koronavirus tashxisi qo‘yilganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda bo‘lib, koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshgan. Keyingi o‘rinlarni 3 milliondan ortiq kishi bilan Braziliya, 2 milliondan ortiq kishi bilan Hindiston egallagan.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga yetgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar