Daryo

Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonning 5 ta shahrida sezildi

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 489 kilometr janubiy-sharqiy yo'nalishda joylashgan

1 daqiqa o‘qish61 508 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Vesti.Nauka”

Tojikistonda 9-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:16 da zilzila yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

Foto: Google Maps

Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:16 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi 88 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, epimarkazdagi silkinish kuchi 5 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 489 kilometr janubiy-sharqiy yo'nalishda joylashgan.

Zilzila O'zbekistonning quyidagi shaharlarida sezilgan.
  • Namangan—2 ball, zilzila epimarkazigacha bo‘lgan masofa 404 kilometr.
  • Andijon—2 ball, zilzila epimarkazigacha bo‘lgan masofa 382 kilometr.
  • Farg‘ona—2 ball, zilzila epimarkazigacha bo‘lgan masofa 335 kilometr.
  • Guliston—2 ball, zilzila epimarkazigacha bo‘lgan masofa 438 kilometr.
  • Jizzax—2 ball. zilzila epimarkazigacha bo‘lgan masofa 464 kilometr.
  • Теrmiz—2 ball, zilzila epimarkazigacha bo‘lgan masofa 406 kilometr.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida qayd etilgan zilzila ham O‘zbekistonda sezilgandi. 7-sentabr kuni esa O‘zbekistonda 3,8 balli zilzila yuz berdi. 8-sentabr kuni Farg‘onada 2 balli zilzila kuzatildi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar