Daryo

Farg‘onada 8-sentabr kuni 2 balli zilzila kuzatildi

Yer silkinishi kuchi uning markazidan 29 kilometr masofada joylashgan Farg'ona shahrida 2 ballni tashkil qilgan

1 daqiqa o‘qish68 878 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Google Maps

O'zbekiston—Qirg'iziston chegarasida 8-sentabr kuni soat 20:04 da yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

Foto: Google Maps

Ma’lum qilinishicha, 8-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:04 da O'zbekiston—Qirg'iziston chegarasida zilzila sodir bo'lgan. Zilzila 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan va uning markazidagi silkinish kuchi 2,8 ballni tashkil qilgan.

Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubiy-sharqiy yo'nalishda 249 kilometrni tashkil qilgan. Yer silkinishi kuchi uning markazidan 29 kilometr masofada joylashgan Farg'ona shahrida 2 ballni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida qayd etilgan zilzila ham O‘zbekistonda sezilgandi. 7-sentabr kuni esa O‘zbekistonda 3,8 balli zilzila yuz berdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar