Daryo

O‘zbekistonda 7-sentabr kuni 3,8 balli zilzila yuz berdi

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 305 kilometr janubi-g‘arbiy yo'nalishda joylashgan

1 daqiqa o‘qish104 636 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

O‘zbekistonda 7-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da zilzila yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

Foto: Google Maps

Zilzila Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da sodir bo‘ldi. Zilzila 30 kilometr chuqurlikda yuz bergan, uning epimarkazidagi kuchi 3,8 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 305 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida uchta shahrida sezilgan:
  • Samarqand shahri — 2 ball, zilzila markazigacha bo‘lgan masofa 132 kilometr.
  • Buxoro — 2 ball, zilzila markazigacha bo‘lgan masofa 135 kilometr.
  • Navoiy — 3 ball, zilzila markazigacha bo‘lgan masofa 50 kilometr.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-avgust kuni ikki marta zilzila kuzatilgandi. 13-avgust kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida, 16-avgust kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlarida sezilgandi. 1-sentabr kuni Tojikiston—Qirg‘iziston chegarasida qayd etilgan zilzila ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar