Daryo

Toshkent markazidagi Buxoro ko‘chasi ta’mirlandi (video)

Ko‘chaning 8 775 kvadrat metr maydoni zamon talablari darajasida ta’mirlangan

1 daqiqa o‘qish32 446 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram / Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Buxoro ko‘chasining 650 metri ta’mirlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kadr: Telegram / Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, 3 kun davomida Buxoro ko‘chasining 650 metri qayta asfalt qilingan. Ko‘chaning 8 775 kvadrat metr maydoni zamon talablari darajasida ta’mirlangan.

Asfalt qoplamasi mustahkam bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchilarga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun zarur chora tadbirlar ko‘rilgani ta’kidlangan.

Ta’mirlash jarayoni 10 dan ortiq ishchi-mutaxassislar ishtirokida, yangi texnika-texnologiya vositasida bajarilgan.

“Buxoro ko‘chasining bugungi ko‘rinishi va qulayligi shahrimiz aholisi hamda mehmonlarini xursand qilishi aniq”, – deyiladi hokimlik xabarida. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar