Daryo

Jizzaxda Cobalt 25 yoshli piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi

Yigit piyodalar o‘tish joyi yaqin bo‘lishiga qaramay undan foydalanmay, yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tishga uringan

1 daqiqa o‘qish44 084 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Cobalt yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Qayd etilishicha, 2020-yilning 7-sentabr kuni soat 13:35 larda, Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o‘tgan M-39 Termiz–Toshkent xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 957-kilometrida, haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan T.B. Cobalt rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Haydovchi piyodalar o‘tish joyi yaqinidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan. Oqibatda piyoda, 25 yoshli M.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB
Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar