Daryo

Toshkentda 19 yoshli yigit Lacetti’da YPX inspektorini urib yubordi. Inspektor shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan

Hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish92 358 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimini mashina urib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hodisa 1-sentabr kuni soat 19:00 larda Mirobod tumanida yuz bergan. Shahrisabz ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant Salim Umarov Grand Mir mehmonxonasi oldida 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi Captiva’ni to‘xtatgan.

Inspektor Umarov haydovchining hujjatlarini tekshirib, yo‘lning chetiga qarab yura boshlaganda Lacetti’ni haydab ketayotgan 19 yoshli T.M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Captiva bilan to‘qnashgan va inersiya bo‘yicha harakatni davom ettirib, YPX xodimini urib ketgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Oqibatda 30 yoshli YPX inspektori Salim Umarov tan jarohati olib, shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yig‘ilgan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organiga topshirilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar