Daryo

Ispaniyalik jurnalist Lionel Messini futbol tarixidagi eng katta sotqinlikda aybladi

“Messi cho‘kayotgan kemadan qochmoqda” — deydi jurnalist

1 daqiqa o‘qish57 308 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyalik jurnalist Edu Agirre argentinalik hujumchi Lionel Messining “Barselona”dan ketishni istayotganini keskin tanqid ostiga oldi.

Foto: Getty Images
Men uchun Messi futbol tarixidagi eng katta xiyonatni qilmoqda. Messi “Barselona”ni qiyin ahvolda tashlab ketmoqda, u cho‘kayotgan kemadan qochmoqda. U hozir ketmasligi kerak. “Barselona” muxlislari bunga loyiq emas. Edu Agirre, ispaniyalik jurnalist
Eslatib o‘tamiz, Messi yangi mavsumga jamoa bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazmayapti va “Barselona”dan ketmoqchi. Klub esa Lionelning fikridan qaytishiga va jamoada qolishiga ishonmoqda.

Shartnomaga ko‘ra, agar Messi mashg‘ulotlarni 11 kundan 30 kungacha o‘tkazib yuborsa, unga maoshining 25 foizi miqdorida jarima solinadi.

Hozirda Messi uchun asosiy da’vogar “Manchester Siti” bo‘lib turibdi.

Gollar to‘plami: Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar