Daryo

Xosep Gvardiola Lionel Messiga “Barselona”da qolishni maslahat berdi

“Manchester Siti” Messi transferi borasidagi qarashlarini o‘zgartirdi

1 daqiqa o‘qish61 458 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” rahbariyati “Barselona” hujumchisi Lionel Messi transferi borasidagi qarashlarini o‘zgartirdi.

Foto: Getty Images

Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, ingliz klubi 33 yoshli futbolchini mazkur yozgi transfer oynasida sotib olish g‘oyasidan qaytmoqchi. Sababi “Manchester Siti” transfer moliyaviy tomondan foyda keltirishiga ishonmayapti.

Ta’kidlanishicha, “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola Messiga “Barselona”da qolishni maslahat bergan.

Katalon klubi Leoni tekinga qo‘yib yuborishni istamayapti va uning transferi uchun 700 million yevro talab qilmoqda.

Shuningdek, yaqinda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi sabab UEFA tomonidan 10 million yevroga jarimaga tortilgan “Manchester Siti” yana bir bor tashkilot sanksiyalariga duch kelishni istamayapti.

Messi “Barselona”dan ketishga jiddiy kirishgan. Futbolchining jamoaning mavsumoldi yig‘iniga bormagan va La Liga startini o‘tkazib yuborishi haqida klubni ogohlantirgan. Messiga PSJ, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Inter” jamoalaridan ham qiziqish bor. Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar