Sanjarbek Ortiqov 2011-yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. 2020-yil aprel oyida unga o‘tkir limfoblastli leykoz, oqqon kasalligining 1-faol davri tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda u Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasida ikkinchi bosqich davolash muolajasini davom ettiryapti.

Foto: “Daryo”

Onasi Sevara opaning aytishicha, davolanishning birinchi bosqichidayoq oila moddiy tomondan ancha qiynalib qolgan. Oldinda esa yana qator bosqichlar kutib turibdi.

Barcha saxovatpesha insonlardan Sanjarbekning sog‘ayishiga yordam berishlarini so‘rab qolamiz!

Sanjarbek Ortiqovga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme)

Onasi Sevara Po‘latova nomiga ochilgan

“Agrobank”: 8600 0417 4324 5079

“Xalq banki”: 8600 0609 7265 5790

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Po‘latova Sevara Toshpo‘latovna

Pasport raqami: AC 0012974

Bemor Sanjarbekning onasi Sevara opaning telefon raqami:

+998915993997

Foto: “Daryo”

Navbatdagi bemorimiz Diyorbek Jumanazarov ham oqqon kasalligiga chalingan. Diyorbekni davolatish uchun ota-onasi 1 yildan buyon bor-budini sarfladi. 17 yoshli Diyorbek ayni paytda oxirgi kun muolajalarini olmoqda.

“Dorilarni sotib olish uchun qarindoshlarimizdan 40 millionga yaqin qarz bo‘ldik. Turmush o‘rtog‘im Rossiyaga ishlashga ketgan edi, hozir karantin sababli Rossiyada ham ishlar to‘xtagan, pul ham yubora olmayapti. O‘zim uy bekasiman. Hozir hatto dorilarini sotib olish uchun mablag‘imiz qolmagan. Qarzlarimizni ham to‘lay olganimiz yo‘q. Mushkul ahvolda qoldik. Yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojmiz”, - deydi Diyorbekning onasi Muborak Mengliboyeva biz bilan suhbatda.

Biz barcha saxovatpesha yurtdoshlarimizdan Diyorbek Jumanazarovning sog‘ayib ketishida hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Diyorbek Jumanazarovga yordam berishni berishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali

Diyorbek Jumanazarov nomida

“Xalq banki”: 8600 0610 1572 1177

Onasi Muborak Mengliboyeva nomida:

“Xalq banki”: 8600 0609 7754 4684

Humo: 9860 0303 4609 9341

Tog‘asi Sherzod Toshpo‘latov Musurmonovich nomida.

Sberbank: 4276 5204 8263 8646

Telefon:

+998993942025

+998999414303