Tashkilotchilar tomonidan Bird Photographer of the Year 2020 (“Yilning eng yaxshi qush suratkashi – 2020”) deb nomlangan tanlovda eng ajoyib tarzda olingan qushlarning fotosuratlari namoyish etildi va g‘oliblar taqdirlandi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Kuvaytlik fotograf Majid Al-Zaabi tojdor baklan qushlari aks etgan “Kunning botishi” portreti uchun Gran-pri sovrindori bo‘ldi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Italiyalik Franchesko Filippo Pelleriniga “Iguasu sharsharasi ustidagi uzunqanotlar” surati “Tabiiy yashash joyidagi qushlar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Britaniyalik fotograf Jeyms Xadsonning “Mandarin abstraksiyasi” surati “Ijodiy obrazlar” nominatsiyasiga ko‘ra bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Chexiyalik Magdalena Strakovoyning fotosurati “Bog‘ va shahar qushlari” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Avstraliyalik Jorjine Steytler “Eng yaxshi portfolio” nominatsiyasida “Parvozda” surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Niderlandiyalik fotograf Rulof Molenaar “Qushlarning harakati” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindor deb topildi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Tanlovning “Eng yaxshi oq-qora surat”i nemis fotografi Robert Sommerning “Bo‘sh raqam” asariga nasib etdi.

Foto: Bird Photographer of the Year

“Detallarga e’tibor” nominatsiyasi bo‘yicha isroillik fotosuratchi Moshe Koenaning “Mukammal yashirinish” surati g‘olib chiqdi.

Foto: Bird Photographer of the Year

Yana bir isroillik suratkash Gadi Shmila “Qushlar parvozda” nominatsiyasida uchib ketayotgan xudxud qushi tasvirlangan surati bilan yutuqqa ega bo‘ldi.

Foto: Bird Photographer of the Year

“Ilhomlantiruvchi uchrashuv” nominatsiyasi bo‘yicha muallif Geyl Bissonning “Uyga qaytish” surati eng yaxshi ish deb topildi.

Foto: Bird Photographer of the Year

17 yashar britaniyalik Adam Leyk Devonshirdagi ko‘l oqqushi muhrlangan surati bilan “Yilning eng yosh fotosuratchisi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.